Jamiyat | 20:40 / 24.11.2017
24204
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek olimasi “Isaak Nyuton” medali bilan taqdirlandi

Foto:tuit.uz

Yevropa ilmiy-ishlab chiqarish konsorsiumining unvonlar va taqdirlash departamenti xulosasiga binoan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti, texnika fanlari doktori Beknazarova Saida Safibullayevna “Isaak Nyuton” (“Isaac Newton”) medali bilan taqdirlandi.

Foto:tuit.uz

Ushbu medal Yevropa ilmiy-ishlab chiqarish konsorsiumining (www.euscience.info) unvonlar va taqdirlash departamenti tomondan texnika va fizika-matematika fanlari mutaxassislarini taqdirlash uchun ta'sis etilgan. Medal bilan texnika va fizika-matematika sohasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan va butun jahon fan jamiyati tan olgan fan arboblari taqdirlanadi. Departamentning Beknazarova Saida Safibullayevnaga “Isaac Newton” medalini taqdim etish bo‘yicha ijobiy xulosasi 2017 yil 10 aprelda (629-sonli bayonnoma) olingan.

Foto:tuit.uz
Foto:tuit.uz
Foto:tuit.uz

Mavzuga oid