O‘zbekiston | 17:37 / 25.11.2017
11911
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov Asqar Maminni qabul qildi

Foto: UzReport

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 24 noyabr kuni Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni qabul qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari sanoat kooperatsiyasi, agrosanoat, harbiy-texnik, aerofazoviy, tranzit-transport sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Tomonlar yer va sun'iy yo‘ldosh aloqasini masofadan turib zondlash uchun Qozog‘istonning sun'iy yo‘ldoshli guruhi xizmatlarini taqdim etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuvda Asqar Mamin ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi joriy yilning yanvar-sentabr oyida 30%ga oshgani hamda 1,5 mlrd. dollarni tashkil etganini ta'kidlab o‘tdi. Uning fikriga ko‘ra, 2017 yilning oxiriga kelib savdo aylanmasi 2 mlrd. dollarga yetadi.

Mamin 2020 yilga kelib salohiyatni hisobga olgan holda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish kerakligini qayd etdi.

Tomonlar mintaqaviy va chegaraoldi hamkorligi - ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishi mavjud salohiyatini ro‘yobga chiqarishni qo‘llab-quvvatlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov shu nuqtai nazardan Mintaqalararo hamkorlik forumini tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Mazkur forum O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun asos bo‘lishi kerak.

Shuningdek, Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochil Ramatov tomonidan ham qabul qilindi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosarlari savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, shuningdek, tovarlar turlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

Mavzuga oid