Jahon | 19:23 / 26.11.2017
12029
2 daqiqa o‘qiladi

Mugabe qishloqda yangi hayot boshlamoqchi

Foto: Vikipediya

Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe qishloqda yangi hayot boshlab, fermerlik bilan shug‘ullanmoqchi.  Bu haqda “Frans Press” axborot agentligiga sobiq prezidentning qarindoshi Leo Mugabe ma'lum qildi.

“U bilan hammasi joyida. Men u bilan ko‘rishdim, u ancha quvnoq. U yangi hayotni, kishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishni va qishloqdagi uyda yashashni intiqlik bilan kutmoqda”, deb aytgan Leo Mugabe. 

Uning aytishicha, Mugabening rafiqasi Greys u bilan birga. Greys Mugabe turmush o‘rtog‘i nomidagi universitetni qurish rejasi ustidagi ishlarni davom ettirmoqchi. Leo Mugabe Zimbabve hukumati sobiq prezident bilan uning iste'fosidan keyin unga 10 mln. dollar to‘lab berish haqida kelishuv tuzgani haqidagi axborotga izoh berishni istamadi. 

Avvalroq OAVda Mugabe go‘yoki prezidentlik lavozimidan ketishi bo‘yicha kelishuv imzolagani ma'lum qilingandi. Kelishuvga ko‘ra, Mugabe va uning rafiqasiga huquqiy daxlsizlik va 10 mln dollar berilishi hamda oyiga 150 ming dollarlik pensiya tayinlanishi ko‘zda tutilgan. 

Mavzuga oid