Melanya Trampning ustidan yana kulishdi
AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya yana ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga qoldi. Bu safar foydalanuvchilar yangi yilga tayyorgarlik ko‘rayotgan Oq uyning ichidagi uslub ustidan kulishgan. Bu haqda Times xabar bermoqda.
Foydalanuvchilarni Melanya Tramp matbuot kotibi Stefani Grishemning surati ayniqsa hayratlantirgan. Grishem qorong‘i yo‘lak fotosuratini e'lon qildi, uning har ikki tomonida esa pastki qismidan yoritilgan quruq shoxlar turibdi. Internetda yo‘lakni «Narniya xronikasi», «Favn labirinti» yoki «Yog‘du» kabi fantastik va xorror-filmlar uchun ajoyib dekoratsiya sifatida qabul qilishgan.
Ba'zilar esa dekoratsiyalarni AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp tomonidan Shukrona kuni uchun foydalanilgan noodatiy bezaklar bilan taqqoslashdi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024