NASA 20 mlrd kilometr uzoqlikdagi kema dvigatelini ishga tushira oldi
NASA olimlari 1977 yilda koinotga uchirilgan “Voyajyer-1” sayyoralararo kemasini yana ishga tushira olishdi. Qizig‘i, kema hozir Yerdan 20 mlrd kilometrdan uzoqroq masofada joylashgan. Bu haqda NASA saytida ma'lum qilindi.
Oxirgi marta kema dvigateli 1980 yilda ishga tushirilgan. “37 yil ishlamagan bu dvigatellar bilan biz “Voyajyer-1” koinot kemasi xizmat qilish muddatini yana 2-3 yilga uzaytira olamiz”, deb aytgan NASA xodimi Syuzanna Dodd.
Dvigatellarni kemani uning antennalari Yerga qaraydigan qilib to‘g‘rilash uchun qo‘llash rejalashtirilmoqda. Kemaga Yerdan uzatilgan signal 19 soatu 35 daqiqada yetib borgan.
Dvigatellarni yoqishga buyruq 28 noyabrda berilgan. Bu topshiriq muvaffaqiyatli amalga oshgani keyingi kunga, kemadan javob olingandan keyin ma'lum bo‘lgan. Olimlar bu jarayonni amalga oshirish uchun kemaning eskirib qolgan dasturlash tilida yozilgan dasturiy ta'minoti haqidagi hujjatni o‘rganib chiqishdi.
Stantsiya dastlab Yupiter va Saturn sayyoralarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. Kema bu sayyoralar yo‘ldoshlarini batafsil suratga olgan birinchi qurilma bo‘lgan. Kemaning Yupiter bilan maksimal yaqinlashishi 1979 yil 6 iyunda yuz bergan.
2013 yil sentabrda NASA kema Quyosh tizimi sarhadlarini tark etib, yulduzlararo bo‘shliqqa kirgan ilk sun'iy yo‘ldosh bo‘lganini e'lon qilgan. Stantsiya bortida o‘zgasayyoraliklar uchun sayyoramizning joylashgan o‘rni ko‘rsatilgan hamda bir nechta tasvir va tovushlar yozilgan oltin plastina bor.
Mavzuga oid
18:52
NASA zondi Quyoshga rekord darajada yaqinlashadi
15:40 / 18.12.2024
NASA astronavti XKSdan turib galaktikaning noyob suratini oldi
22:00 / 13.12.2024
NASA yangi sun’iy yo‘ldoshi okean tubining eng batafsil xaritasini yaratdi
13:48 / 02.12.2024