Jahon | 13:50 / 05.12.2017
23469
2 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili o‘z uyi tomida qo‘lga olindi

Foto: Reuters

Gruziyaning sobiq prezidenti, «Dvijyeniya novyx sil» partiyasi yetakchisi, Odessa oblastining sobiq rahbari Mixail Saakashvili qo‘lga olindi. Bu haqda «Interfaks-Ukraina» huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

«U qo‘lga olindi. Uni mashinaga solishdi va olib ketishdi. Keyingi choralarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda», degan agentlik suhbatdoshi.

Muxbirning ma'lum qilishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari Saakashvilini Kiyevdagi o‘z uyi tomidan (Kostelnoy ko‘chasi, 7-uy) olib tushishgan. 

Biroz avvalroq Ukraina Xavfsizlik xizmati uning uyini tintuv qilish uchun kelgani, siyosatchi esa u tomiga chiqib olib tarafdorlarini mitingga chorlagani haqida xabar berilgandi.

Kostelnaya ko‘chasi transport harakati uchun yopilgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari Saakashvilining tarafdorlarini o‘tkazishmayapti.

UXX ma'lumotiga ko‘ra, Saakashvili Ukraina Jinoyat Kodeksining 256-moddasi 1-qismi bo‘yicha qo‘lga olingan (jinoiy faoliyatdagi tashkilotlarda qatnashish).

Mavzuga oid