Jahon | 18:57 / 14.12.2017
5319
2 daqiqa o‘qiladi

Disney kinokompaniyasi 21th Century Fox’ni sotib olishi aniq bo‘ldi

Foto: EPA-EFE/JUSTIN LANE

AQShning 6 ta yirik kinostudiyasidan biri hisoblangan The Walt Disney Company Gollivudning boshqa bir yirik kinostudiyasi – 21st Century Fox’ni 52,4 mlrd dollarga sotib olishga kelishdi. Bu haqda 21th Century Fox kinokompaniyasi saytida ma'lum qilingan.

Shu tariqa, Gollivudning eng yirik kinokompaniyalari “yetakchi oltiligi” “beshlikka” aylanmoqda. Bu “oltilikka” shuningdek, Warner Brothers, Universal Studios, Sony Pictures va Paramount kinokompaniyalari kiradi. 

Bitim aksiyalarni almashish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yangi o‘zaro birlashgan kompaniya tarkibiga 21st Century Fox’ning kino va telefilmlar ishlab chiqaruvchi, kabel televideniyesi va xalqaro teleuzatish bo‘linmalari kiradi.

Xarid jarayonida 21st Century Fox tarkibidan alohida sotiladigan bir qism aktivlar ajratiladi. Gap Fox Broadcasting network teletarmog‘i haqida ketmoqda. Uning tarkibiga Fox Broadcasting network va Fox News kabi telekanallar kiradi. Bu aktivlar hozirda 21st Century Fox’ning egasi hisoblangan mediamagnat Rupert Merdokning oilasi tomondan sotib olinadi.

Mavzuga oid