Jahon | 21:20 / 18.12.2017
7675
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Maskning kompaniyasi AQShda tunnellar qazishga ruxsat oldi

Foto: hi-news.ru

Ma'lum vaqt avval AQShning shaharlari va shtatlari rahbariyatlari tadbirkor Ilon Maskning The Boring Company kompaniyasiga tunnellar qurishga ruxsat bermaganlarini, Mask ularni noto‘g‘ri tushunganini ta'kidlashayotgandi.

Ko‘rinishicha, ish joyidan siljib, tunnel qazish uchun ilk shartnoma tuzildi. AQShning Merilend shtati gubernatori Lari Xogan jurnalistlar bilan suhbatda uning jamoasi The Boring Company bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini tasdiqladi. 

Xoganning aytishicha, Baltimor shahridan Vashingtongacha tezyurar elektr transport tunneli o‘tkaziladi. So‘ngra bu tunnel Nyu-Yorkgacha davom ettiriladi.  

Kompaniya tomonidan qaziladigan tunnellardan ba'zilari Hyperloop transport tizimlariga aylantirilmoqchi. Maskning ta'kidlashicha, Nyu-York va Vashington o‘rtasida aynan shunday tizim barpo etiladi. Agar g‘oyani amalga oshirishga muvaffaq bo‘linsa, unda tunnellar bo‘ylab soatiga 1100 km tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi va yuk kapsulalari harakatlanadi.

O‘tgan yili Mask tirbandliklardan “to‘yganini” va tunnellar qazish bo‘yicha kompaniyani tashkil etganini ma'lum qilgandi. Yaqinda Mask jamoat transportini tanqid qilib, unda yurishni “azob” deb atagandi. Agar Merilenddagi tajriba ijobiy natija bersa, unda qolgan shtatlar ma'muriyati bilan ham Hyperloop tizimini barpo etish bo‘yicha shartnomalar tuziladi.

Mavzuga oid