Ulug‘nor tumaniga yangi hokim tayinlandi
Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani hokimligida xalq depuputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Yig‘ilishda Oliy Majlis Senati a'zosi, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, Doniyor To‘ychiyevich Maxsudov tumanga hokim etib tayinlandi.
Doniyor Maxsudov shu vaqtgacha Andijon viloyatining Buloqboshi tumaniga hokimlik qilib kelayotgandi. U yangi lavozimda oktabr oyida vafot etgan Asilbek Yusupov o‘rnida ish boshlaydi.
Buloqboshi tumaniga ham bugun yangi hokim tayinlanadi.
Doniyor Maxsudov 1976 yil 11 aprelda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan, 1998 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini (sirtqi), 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodchi. 1990 yildan 2011 yilgacha Ulug‘nor tumanida turli lavozimlarda mehnat qilib kelgan Maxsudov 2011 yildan buyon Buloqboshi tumaniga hokimlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?
20:18 / 30.11.2024
Energetika sohasidagi sustkashlik uchun 14 nafar hokimga hayfsan berildi
14:01 / 13.10.2024
“Ko‘p narsa hokimlarning saviyasiga bog‘liq” - vatanga qaytgan investor qanday to‘siqlarga uchradi?
19:17 / 30.09.2024