Jahon | 11:00 / 04.01.2018
22259
2 daqiqa o‘qiladi

Ivanka Tramp AQShning ilk ayol prezidenti bo‘lmoqchi

AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka mamlakatning ilk ayol prezidenti bo‘lishga tayyorlanmoqda. Bu haqda jurnalist Maykl Vulff «Olov va g‘azab: Tramp Oq uyda» nomli kitobida yozgan.

New York Magazine nashrining ushbu kitobdan keltirgan qismida aytilishicha, Ivanka va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner kelgusida mamlakatni boshqarish uchun hozirda prezident ma'muriyatiga kirishgan.

«Ular o‘rtasida kelishuv bor: agar kelgusida imkoniyat tug‘ilsa, u prezidentlikka nomzodini qo‘yadi», — deyilgan xabarda.

Shuningdek, Kushner va Ivanka Donald Trampning hech qanday majburiyati yo‘q maslahatchilari hisoblanishadi. Jurnalistning aytishicha, «ular nimani ko‘ngli tusasa, shuni qiladi». 

Bundan avvalroq Vulffning kitobi 9 yanvar kuni sotuvga chiqishi, ammo OAVda undan parchalar e'lon qilinayotgani va bunga Oq uy tanqidiy munosabatda bo‘layotgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga oid