Kuchli shamol poyezdni ag‘darib yubordi (video)
Internetda Shveytsariyada kuchli shamol sababli poyezdning relslardan chiqib ketib, ag‘darilib ketgani videosi tarqaldi.
Voqea 3 yanvarda Lenk shahri yonida, Bern kantonida yuz bergan. Videoda kuchli shamol tufayli yo‘lovchi poyezdining birinchi vagoni ag‘darilib ketganini ko‘rish mumkin. Poyezd ag‘darilgach, yana bir necha metrga surib ketilgan. Voqea oqibatida 8 kishi jarohat olgan.
O‘sha kuni Shveytsariyaga “Burglind” qishki bo‘roni yopirilgan. Shamol tezligi 200 km/soatgacha yetgan. Yomon ob-havo sharoiti tufayli mamlakatning ba'zi hududlarida avtomobil va temir yo‘l aloqasi to‘xtab qolgan, bir necha o‘nlab aviareyslar bekor qilingan va boshqa sanaga ko‘chirilgan. Deyarli 100 ming xonadon elektr ta'minotisiz qolib ketgan.
Mavzuga oid
19:11 / 29.11.2024
Shveytsariyaning Lombard Odier banki Gulnora Karimova ishi bo‘yicha pul yuvishda ayblandi
13:11 / 23.11.2024
O‘zbekiston va Shveytsariya shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldi
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
18:03 / 14.10.2024