Jahon | 09:20 / 10.01.2018
16882
2 daqiqa o‘qiladi

Drift davomiyligi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

Foto: Bmw Group

Professional poygachilar jamoasi BMW M5 mashinasida drift bajarish davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Bu haqda BMW saytida ma'lum qilindi. 

To‘liq privodli mashinani Yoxan Shvarts boshqargan. U 8 soat davomida, yoqilg‘i quyishlarga to‘xtashlarsiz drift holatida 374 km bosib o‘tdi, vaholanki qoidalarga ko‘ra yoqilg‘i quyish uchun to‘xtashga ruxsat berilgan. Tryukni to‘xtashlarsiz bajarish uchun drift bajarayotgan mashina ortidan parallel ravishda boshqa mashina yurishi talab etildi. Undagi kaskadyor zarur paytda mashina oynasidan suqilgancha asosiy mashinaga yoqilg‘i quyishni amalga oshirgan. Shu sababli joriy drift davomida yana bir rekord o‘rnatildi: ikkita mashinada sinxron drift amalga oshirildi va u ham tarixdagi eng davomiysi bo‘ldi.

Avvalgi rekord natija orqa privodli BMW M5’da 2013 yilda o‘rnatilgandi. O‘shanda drift masofasi 230 km.ni tashkil qilgan.

Mavzuga oid