Sport | 00:31 / 14.01.2018
20815
1 daqiqa o‘qiladi

“Dakar” rallisida yuz bergan avariyalar (video)

Foto: Alex Miedema

Janubiy Amerikaning uchta davlati – Peru, Boliviya va Argentina hududlari bo‘ylab o‘tayotgan 2018 yilgi “Dakar” rallisining yarmiga kelib, ishtirokchilarning 25 foizi poygani tark etishga majbur bo‘ldilar.

Rallining tvitterdagi sahifasida ma'lum qilinishicha, poyganing ilk 6 bosqichidan keyin uni 29 mototsiklchi, 8 kvadrasiklchi, 31 ta yo‘ltanlamaslar ekipaji va 14 ta yuk mashinalari ekipaji tark etdi.

Rallidan Sebastyan Leb va Sergey Karyakin kabi favoritlar hamda “Chelsi”ning sobiq murabbiyi, “Dakar”da birinchi bor ishtirok etgan Andre-Vilash Boash chiqib ketdilar.

7-bosqich 13 yanvarda boshlandi. Poygachilar La Pasdan Uyuniga qarab yo‘l oldilar. Trassa uzunligi 727 km.ni tashkil qiladi.

Mavzuga oid