Qozog‘istonda 2 mlrd dollarlik ekoshahar barpo etiladi
Qozog‘istonning Aqtau shahrida IT-bog‘, stadion va ekologik transportga ega noyob ekoshahar barpo etiladi. Shaharni barpo etish bo‘yicha kelishuv Britaniyaning Global Project Capital Ltd, AAG Corporate Services Ltd, Xitoyning China Road and Bridge Corporation (CRBC) Ltd kompaniyalari va shahar joylashadigan Mang‘istau viloyati akimati bilan tuzildi.
Endi tomonlar Aqtau ekoshahrini quruvchi bosh pudratchini belgilab olishlari va loyihani moliyalashtirish strukturasini yaratishlari kerak. Britaniya tomoni 2,1 mlrd dollar miqdordagi moliyalashtirishni 100 foiz o‘z zimmasiga oladi, xitoylik sarmoyachilar esa 400 mln dollarlik bank kafolati taqdim qiladilar. Shaharni qurish uchun Aqtauning shimoliy qismidan 865 gektar yer ajratiladi.
Ekoshaharda hamyonbop uy-joy, tijorat va savdo markazlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va tibbiyot markazlari quriladi. Loyiha o‘z ichiga IT-bog‘, mehmonxonalar, sport stadionlari, ko‘ngilochar muassasalar va turli xizmatlar, zamonaviy energiya va ekologik sof texnologiyalarga asoslangan transport xizmati ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida Aqtau shahri akimati qurilish uchun tegishli infratuzilma, jumladan yo‘llar, energiya ta'minoti, kanalizatsiya va suv ta'minoti taqdim qilishni o‘z zimmasiga oladi.
Mavzuga oid
18:40 / 27.12.2024
The Times AZAL samolyoti halokatiga oid yangi tafsilotlarni bayon qildi
17:09 / 27.12.2024
Azerbaijan Airlines Rossiyaning 10 ta shahriga parvozlarni to‘xtatdi
16:36 / 27.12.2024
Ozarboyjon prezidenti ma’muriyati Chechenistonning qurbonlarning oilalariga yordamini rad etdi
14:01 / 27.12.2024