Sport | 09:30 / 22.01.2018
38806
1 daqiqa o‘qiladi

Menni Pakyao o‘zbekistonlik bokschiga qarshi jang qilishi mumkin

Foto: ringtv.com

Boks bo‘yicha filippinlik sobiq jahon chempioni Menni Pakyao o‘zining navbatdagi jangini aprel oyida o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorovga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Abduqahhorovning o‘zi Olamsport internet-nashriga ma'lum qilgan.

«Pakyao aprel oyida Top-15likka kiruvchi bokschilardan biriga qarshi reyting jangini o‘tkazishi kerak. O‘sha to‘qnashuv Malayziyada bo‘lishi kutilmoqda. Mening menejyerlarim ham malayziyalik. Shu sababdan ham, u bilan kelishuvga erishishimiz ehtimoli yuqori», - degan Abduqahharov.

Eslatib o‘tamiz, WBC tomonidan fevral oyi uchun e'lon qilingan reytingda Pakyao uchinchi, Qudratillo esa 5-pog‘onadan joy olgandi.

Mavzuga oid