O‘zbekiston | 16:00 / 25.01.2018
13757
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat maslahatchisi brifing o‘tkazmoqda

Foto: KUN.UZ

Bugun, 25 yanvar kuni prezident matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan Press-hall'ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Anjuman bugun soat 16:00 da Prezident Matbuot xizmatining Facebook'dagi sahifasi orqali jonli efirga uzatilishi boshlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni haqida so‘z yuritilmoqda. Hujjatda qayd etilishicha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko‘rsatgan.

Yig‘ilishda Prezidentning Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov ma'ruza qilmoqda.

 

Mavzuga oid