Buxoro viloyati hokimi yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazgani yuzasidan tekshirish natijasi ma’lum qilindi
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov 6 fevral, yakshanba kuni to‘rtta tumanda yig‘ilish o‘tkazganligi tasdiqlandi. Yig‘ilishga jalb etilganlarga ikki hissa haq to‘lanadi yoki ularning istagiga qarab boshqa dam olish kuni beriladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Buxoro viloyati hokimi dam olish kuni Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida mahalla raislari va hokim yordamchilari bilan yig‘ilish o‘tkazganligi yuzasidan tekshirish natijalarini ma’lum qildi. Holat bo‘yicha Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.
“Buxoro viloyati hokimi tomonidan 2022 yil 6 fevral kuni (yakshanba dam olish kunida) Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida uchrashuv o‘tkazilganligi sababli mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi. Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida dam olish kunlari ishga jalb etilgan xodimlarga ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi yoki xodimning istagiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bo‘yicha Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan yozma ko‘rsatma va vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi rahbari tomonidan viloyat hokimi nomiga taqdimnoma kiritildi”, — deyiladi vazirlik munosabatida.
Mavzuga oid
12:33 / 13.12.2024
Buxoroda 2,6 mln dollarlik kriptoaktivlar bilan savdo qilgan 17 yoshli o‘smir ushlandi
10:24 / 02.12.2024
Buxoro viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:41 / 30.11.2024
Prezident yig‘ilishidan keyin Buxorodagi uchta tuman va bir shaharda hokim o‘zgardi
11:34 / 08.10.2024