Jahon | 21:30 / 25.01.2018
10303
2 daqiqa o‘qiladi

SpaceX dunyodagi eng kuchli raketani sinovdan o‘tkazdi

Foto: twitter/@elonmusk

AQShning SpaceX kompaniyasi 24 yanvarda Falcon Heavy raketasining turgan holatda o‘t oldirish sinovini o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask ma'lum qildi. Sinov vaqtida Jon Kennedi nomidagi koinot markazining 39A start maydonida vertikal holatda o‘rnatilgan, dunyodagi eng kuchli raketaning birinchi pog‘onasining 27 ta Merlin 1D dvigatellari bir vaqtda ishga tushirildi.

Dvigatellar 12 soniyagagina yoqilgan. Sinovlar vaqtida raketaning muhim tizimlari ishi tekshirildi. Ta'kidlanishicha, raketa dvigatellarining shovqini start maydonchasidan 50 km uzoqlikda ham eshitilgan, sinov hududi quyuq bulut bilan qoplangan.

Konstruktiv jihatidan Falcon Heavy’ning 1-pog‘onasi markaziy blok va bir juft yon tezlashtirgichlardan iborat. Raketa past tayanch orbitaga 63,8 tonna yuk olib chiqa oladi, uning uchirilishi 90-120 mln dollar turadi.

Foto: twitter/@elonmusk

Raketa yanvarda uchirilishi rejalashtirilgan, u Marsga Maskning shaxsiy mashinasi Tesla Roadster’ni yetkazadi.

 

Mavzuga oid