O‘zbek kiyim-kechak mahsulotlari TREND’da
Har qanday biznes faoliyat kichik ishlab chiqarish jarayonidan boshlanishi tajribada ko‘p sinalgan. Misol uchun bundan 9 yil avval tashkil etilgan Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi "Shofirkon Ekvatorial Teks" MChJ ham faoliyatini mahalliy aholi uchun kiyim-kechak ishlab chiqarishdan boshlagan edi. Bugunga kelib 210 nafar mutaxassislardan iborat korxona Respublikamiz aholisi uchun xorijdan keltirilgan sifatli gazlamalardan tikilgan kiyim-kechaklar yetkazib berishda faol.
O‘tgan yilning 1-choragidan boshlab tashkilot Milliy bank krediti evaziga o‘z faoliyatini kengaytirdi va ichki bozorni 360 000 dona tayyor kiyim-kechak bilan ta'minlab, yiliga 14760,0 mln. so‘mlik daromadga erishdi. Ta'kidlash joizki, kreditlar asosan, ishlab chiqarish hajmini oshirishga va asbob uskunalar xarid qilishga yo‘naltirilib, mazkur korxona ham bank mablag‘ini “Juki” tikuv mashinalari xarid qilishga sarflagan. Umumiy qiymati 5000,0 mln. so‘mni tashkil etuvchi loyiha kelgusida qo‘shni davlatlar va xorij bozori uchun sifatli mahsulot yetkazishni rejalashtirgan.
Bu kabi yirik biznes loyihalar «Faol tadbirkorlik innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» doirasida ham keng ko‘lamda amalga oshirilib, bank va tadbirkorlarning o‘zaro hamkorligi natijasi turmushimizning har tomonlama farovonligiga erishish yo‘lida xizmat qilishi shubhasiz.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:48 / 29.11.2024
Qozog‘iston Milliy Banki 2022 yildan beri birinchi marta bazaviy stavkani oshirdi
14:52 / 29.11.2024
O‘zbekistonda chiqarilgan tekstil mahsulotining Kuvaytga eksporti ortadi
07:50 / 19.07.2024
11 ming dollarga sof quyma oltin bo‘lagini sotayotgan shaxslar ushlandi
07:39 / 11.03.2024