Jahon | 09:33 / 01.02.2018
7188
2 daqiqa o‘qiladi

Toyota 645 ming avtomobilini qaytarib olmoqda 

Foto: AP Photo/David Zalubowski

Toyota kompaniyasi mashinalaridagi xavfsizlik yostiqchalari bilan yuzaga kelgan muammo sababli butun dunyo bo‘ylab  645 mingtaga yaqin avtomobilini qaytarib olmoqda. Bu haqda kompaniyaning AQShdagi filiali bayonotida aytilgan. 

2015 yil may oyidan 2016 yil mart oyigacha ishlab chiqarilgan Toyota Prius sedani hamda Lexus RX va Lexus NX krossoverlari qaytarib olmoqda. 

Toyota’da ta'kidlanishicha, bu modellardagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv yuz berishi va buning oqibatida xavfsizlik yostiqchalari avariya vaqtida ochilmay qolishi mumkin. Bu nosozlik xavfsizlik yostiqchalaridagi muammo sababli mojaro markazida qolgan Takata firmasining xavfsizlik yostiqchalari bilan bog‘lanmagan. Toyota nosozlikni bepul bartaraf etishni o‘z zimmasiga oldi. Kompaniyaga ushbu nosozlik tufayli biror kor-hol yuz bergani ma'lum emas.

Toyota yanvarda Takata xavfsizlik yostiqchalaridagi muammolar sababli Shimoliy Amerikadan 600 mingdan ko‘proq avtomobilini qaytarib olishga majbur bo‘lgandi. Bu muammo sababli xavfsizlik yostiqchalari avariya vaqtida to‘g‘ri ochilmay, avtomobildagi odamlarga metall bo‘laklarini otishi mumkin bo‘lgan.

Mavzuga oid