«Lukoyl» «Hisor» loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi
Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi aprelda O‘zbekiston hukumati bilan Hisor konlari guruhi bo‘yicha kelishuvni o‘zgartirish yuzasidan muzokaralar jarayonini davom ettirmoqchi. Bu haqda “Lukoyl” rahbari Vagit Alekperov Sochida ma'lum qildi.
Alekperov aprelda O‘zbekiston rahbariyati Qandim gazni qayta ishlovchi zavodining ishga tushirilishida ishtirok etishiga va u yerda yuqoridagi masala yana bir bor ko‘rib chiqilishiga umid bildirdi.
Alkeperovning aytishicha, kompaniya gaz arzonlashgani sababli kelishuv ko‘rsatkichlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Kompaniya va O‘zbekiston hukumati Qandim loyihasi bo‘yicha kelishuv ko‘rsatkichlarini qayta ko‘rib chiqdi.
Kompaniya Qandim loyihasini “O‘zbekneftgaz” MXK bilan 2004 yildan beri amalga oshirib keladi. Qandim guruhiga 6 ta gaz-kondensat koni kiradi, bular: “Quvachi-Olot”, “Okqum”, “Parsanko‘l”, “Xo‘ja” va “G‘arbiy Xo‘ja”.
Kompaniya O‘zbekistonda mahsulotni bo‘lishish kelishuvi shartlari asosida ikkita loyihani amalga oshirish ustida ishlamoqda.
O‘zbekistonda neftning potensial zaxiralari 5,3 mlrd tonnadan ko‘proqni, gaz-kondensat 480 mln tonna, tabiiy gaz 5 mlrd kubmetrni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024