Fan-texnika | 22:56 / 20.02.2018
5964
2 daqiqa o‘qiladi

Google Pay to‘lov servisining rasman ishga tushishi haqida e'lon qilindi

Google o‘zida Android Pay va Google Wallet'ni birlashtiruvchi Google Pay to‘lov servisining rasman ishga tushishi haqida e'lon qildi. Foydalanuvchilar yaqin orada Android Pay'ni yangilab, yangi ilovaga kirishlari mumkin bo‘ladi. 

Ta'kidlash joizki, Google Pay'ni kompaniyaning barcha mahsulotlariga integratsiya qilish mumkin.  Chrome brauzeri va Assistant yordamchisi ham shular jumlasidandir. 

AQSh va Buyuk Britaniya aholisi bir-biriga pul o‘tkazishda foydalangan Google Wallet servisi nomi Google Pay Send'ga o‘zgardi. Yaqin oylarda Google Pay'ning asosiy ilovasida uning funksiyalari paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Ishlab chiqaruvchilar Google Pay orqali to‘lovni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini qo‘shishni istagan kompaniyalarga integratsiya jihozlari, shuningdek hamkorlar ro‘yxati bilan tanishib chiqishni tavsiya qilishmoqda.  

Google Android Pay servisi nomi o‘zgarishi haqida joriy yilning yanvar oyi boshida ma'lum qilgandi, biroq o‘shanda ba'zi OAV kompaniya to‘lov servisini yopmoqda, degan versiyani ilgari surishgandi. 

Mavzuga oid