Sport | 13:58 / 20.02.2018
25265
2 daqiqa o‘qiladi

Lotereya o‘yini sabab O‘zbekiston Superligasi o‘yinlari vaqti o‘zgartirildi

Foto: Tribuna.Uz

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliga o‘yinlarini translyatsiya qiluvchi Sport telekanali talabi bilan shanba kuni 18:00da boshlanadigan o‘yin vaqtiga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda telekanalning telegramdagi sahifasida ma'lum qilingan.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, «juda ko‘plab yurtdoshlarimiz kuzatib boradigan» lotereya teleo‘yini har shanba, soat 19:30da efirga uzatilib kelinmoqda. Shu sabab, telekanal shanba kuni bo‘lib o‘tadigan futbol o‘yinlarining boshlanish vaqtini soat 17:30 qilib belgilash borasida O‘z PFLga taklif bilan chiqdi. Shanba dam olish kuni bo‘lib, bu futbol muxlislariga stadionga kelish uchun ortiqcha muammo tug‘dirmasligini va Sport TV efir dasturini inobatga olgan O‘zPFL 3 mart kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarning boshlanish vaqtini soat 17:30 qilib belgilagan.

Ma'lumot uchun, Superliga doirasidagi tur o‘yinlari 6ta uchrashuvdan iborat bo‘lib, uch kun davomida ikkitadan o‘yin Sport telekanali orqali namoyishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid