Jahon | 21:45 / 22.02.2018
28209
2 daqiqa o‘qiladi

Shifokorning o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordami bemor hayotini saqlab qoldi (video)

Foto: Videodan kadr

Turkiya shimoli-g‘arbida shifokor ahvoli o‘ta og‘ir bemor hayotini qahramonlarcha saqlab qoldi - u operatsion zal tomon harakatlanib ketayotgan zambil ustiga chiqib bemorning yuragini uqalash mashqlarini bajardi, deya xabar berdi DailySabah.

Seshanba kuni yurak sohasiga zarb berilgan 32 yoshli kishi Bursa shifoxonasiga og‘ir ahvolda yetkazildi. 

Koridorda - tez yordam xizmati mashinasidan operatsiya xonasi tomon olib ketilayotganda bemorning yuragi  to‘xtab qolgan.

Shoshilinch tibbiyot bo‘yicha mutaxassis doktor Husayn Yenis operatsiyaga olib ketilayotgan bemorga yo‘lning o‘zida zambil ustiga chiqqanicha yordam ko‘rsatib, yurak sohasini uqalash mashqlarini bajara boshlagan. 

Yordam  ko‘rsatilayotgan lahzalar shifoxonaning videokuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan. 

Shoshilinch yordamdan so‘ng bemorning yuragi yana ura boshlagan, operatsiya ham muvaffaqiyatli o‘tgan, hozirda u shifoxonaning intensiv terapiya bo‘limida davolash muolajalarini olmoqda. 

Shifokor Yenis Turkiya yangiliklar agentligining "qahramon shifokori" degan yuksak bahosini oldi. 

Doktor Yenis jurnalistlar oldida chiqish qilar ekan, bemorning ahvoli juda og‘ir bo‘lganini ta'kidladi. Ular bemorni tekshiruvdan o‘tkazishlari bilan jarrohlarga qo‘ng‘iroq qilib, uni darhol operatsiya qilish kerakligini aytishgan. Bemor imkon qadar tezroq operatsiya xonasiga yetkazilgan. Shifokor qachon zambil ustiga chiqib, yurakni uqalay boshlaganini eslay ham olmasligini qo‘shimcha qilgan. "Agar vaqtida shoshilinch yordam ko‘rsatilmaganida, ehtimol, bemorni yo‘qotishimiz mumkin edi", - deydi u.

Mavzuga oid