Jahon | 15:14 / 24.02.2018
5204
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning Brexit bo‘yicha rejalari «butunlay puch xayollar» deb ataldi

Foto: Reuters

Yevropa kengashi raisi Donald Tuskning Bryusseldagi matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyaning Brexit bo‘yicha rejalari «butunlay puch xayollar». Shuningdek, u Yevropa ittifoqi bilan yangi siyosatni qurishda mamlakatda tanlov imkoniyati yo‘qligi haqida ta'kidlab o‘tgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

«Agarda OAVning xabarlari haqiqatga mos kelsa, unda qo‘rqamanki, Buyuk Britaniyaning Brexit bo‘yicha pozitsiyasi butunlay puch xayollarga asoslangan», - deya aytib o‘tdi Tusk.

Bundan tashqari, Yevropa kengashi rahbarining qayd etishicha, Buyuk Britaniyada Yevropa kengashi bilan tanlov uslubida yangi siyosatni qurish va mamlakat uchun qulay shartlarni tanlash imkoni yo‘qdir.

Mavzuga oid