Fan-texnika | 16:00 / 25.02.2018
27940
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S9 va S9+ videosi tarqaldi

Foto: Samsung

25 fevralda rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tishi kutilayotgan eng yangi Samsung Galaxy S9 va S9+ smartfonlari videosi bir kun avval tarqaldi. Rolik YouTube'ning Slashleaks kanilida namoyish etildi. The Verge'da xabar berilishicha, yangi flagman o‘zidan avvalgi Galaxy S8 smartfonining aksariyat funksiyalarini saqlab qolgan.

Smartfonda daktiloskopik datchik joylashuvi o‘zgartirilib, kamera obektivi ostiga ko‘chirilgan. Bundan tashqari, S9 kamerasi ikki diafragma bilan ta'minlangan birinchi smartfon bo‘ladi.

Jurnalist va insayder Evan Blassning so‘zlariga ko‘ra, Galaxy S9 narxi - 841 yevro, S9+ narxi esa 997 yevroga baholanmoqda. 


Mavzuga oid