Greenpeace faollari AESda mushakbozlik uyushtirgani uchun qamaldi
Fransiyadagi sud Kattenom kommunasi hududida joylashgan atom elektrstansiyasidan mushak otgan Greenpeace’ning ikki faoliga ikki oyga ozodlikni cheklash haqida qaror chiqardi. Bu haqda Greenpeace France’ning tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.
Ikki faol hibsga olinganidan tashqari, sud tomonidan tashkilotning yana 6 ishtirokchisiga shartli muddat berildi. Bundan tashqari, sud Greenpeace France 20 ming yevro miqdorida jarima to‘lashi lozimligini belgilab qo‘ydi.
Tashkilotdagilar esa hukmni «juda qattiq» deb baholashdi va hukmga qarshi shikoyat arizasi bilan chiqish niyatidalar.
Mushakbozlik 2018 yilning 12 oktabr kuni Fransiyaning Kattenom atom elektrstansiyasi hududidan otilgan. Faollar qayta ishlangan yoqilg‘ini saqlash uchun basseyndan uncha uzoq bo‘lmagan yerdan mushakni otishdi.
Mavzuga oid
18:22 / 22.12.2024
Yaponiyada AESlar yaqiniga radioaktiv zarralardan himoya qiluvchi palatkalar joylashtiriladi
22:47 / 07.12.2024
Yaponiyada «Simane» AESining ikkinchi reaktori qayta ishga tushirildi
17:46 / 30.11.2024
Mislsiz radiatsiya va qurbonlar: Chernobil fojiasi qanday sodir bo‘lgandi?
09:26 / 26.10.2024