Fan-texnika | 20:20 / 07.03.2018
11268
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonning Tata kompaniyasi hashamatli elektr sedan taqdim qildi

Hindistonning Tata avtomobilsozlik kompaniyasi Jyenevadagi avtosalonida E-Vision nomli kontseptual sedanini taqdim qildi. Ta'kidlanishicha, kontsept kelgusida albatta seriyali versiyasini oladi. Mashina savdoda bir necha yildan keyin paydo bo‘lishi kerak. Prototip elektr kuch qurilmasi bilan jihozlanadi. 

Foto: Tata

Mashina 100 km/soat tezlikka 7 soniyada erishadi. Uning maksimal tezligi 200 km/soatni tashkil qiladi. Mashinaning qolgan ko‘rsatkichlari sir saqlanmoqda. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, prototipning yurish zaxirasi 300-400 kmni tashkil qiladi.   

Foto: Tata

Mashina Impact 2.0 deb nomlangan futuristik ko‘rinish olgan. Sedanda Omega EV arxitekturasi qo‘llangan. Kelgusida mashina yarimavtonom boshqarish tizimini olishi mumkin.

Prototip, shuningdek, sozlanuvchi orqa o‘rindiqlar va markaziy konsolda ikkita ekran olgan. Bu ekranlar ularga zarurat bo‘lganda ochiladi. Bundan tashqari, markaziy konsol ostida bo‘sh joy mavjud bo‘lib, bu EVision Sedan yaratuvchilarining fikricha, “hashamatlilik va kenglik hissini” beradi.

Foto: Tata
Foto: Tata
Foto: Tata
Foto: Tata
Foto: Tata
Foto: Tata

 

Mavzuga oid