Jahon | 18:55 / 08.03.2018
7810
1 daqiqa o‘qiladi

Tillerson KXDR tomonidan «ijobiy belgilarni» ko‘rdi

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilishicha, KXDR tomonidan «ma'lum bir ijobiy belgilar» bor, biroq mamlakatlar hali muzokaralardan uzoq turibdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

«KXDRdan ma'lum bir ijobiy belgilar bor... Biroq, biz muzokaralardan hali uzoqmiz», - deya aytib o‘tdi Tillerson.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi qadam – muzokaralar emas, balki muloqot. Biroq, uning Shimoliy Koreya yadroviy dasturi to‘g‘risida muzokaralar uchun kerakli sharoitlar borligiga ishonchi yo‘qroq.

Mavzuga oid