Jahon | 19:19 / 09.03.2018
9728
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Afrin bo‘yicha yangi bayonot berdi

Foto: Habertürk

Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Suriyadagi Afrin markazi o‘rab olingan, Turkiya qo‘shinlari u yerga istalgan paytda kirishi mumkin.

«Bizning maqsad – Afrin. Hammasi bo‘lib 3171 jangari neytral holatga keltirildi. Afrin markazi o‘rab olingan. Biz markazga istalgan paytda kirishga tayyormiz», - deya prezidentning so‘zlarini keltirgan Habertürk.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Suriyaning Afrinida mamlakat qurolli kuchlari tomonidan o‘tkazilayotgan amaliyot mayga qadar yakunlanishi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid