Jahon | 11:19 / 13.03.2018
10858
1 daqiqa o‘qiladi

Heyli Suriyani ogohlantirdi

Foto: Seth Wenig/AP

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni Suriya hududida yangi harakatlarga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Shuningdek, biz kimyoviy hujumlar va chidab bo‘lmaydigan azob-uqubatlar yo‘li bilan o‘z xohishini majburlab o‘tkazmoqchi bo‘lgan istalgan davlatni ogohlantiramiz. Ayniqsa, bu Suriya rejimiga aloqador: Qo‘shma Shtatlar agarda kerak bo‘lsa, hamon tegishli harakatlarga tayyor turibdi. Bu biz xohlagan yo‘l emas, biroq bu biz tanlamoqchi bo‘layotgan yo‘ldir, buni aniq ko‘rsatdik. Biz uni yana tanlashga tayyormiz», - deya aytib o‘tdi Heyli.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh kimyoviy hujum amalga oshirilgan Suriyadagi aviabazaga muvaffaqiyatli zarba berdi, sababi BMT Xavfsizlik kengashi tegishli choralarni ko‘rmadi.

Mavzuga oid