Jamiyat | 08:29 / 15.03.2018
11996
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘l qoidasiga rioya qilmaslik ayanchli oqibatlarga olib keldi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 14 mart kuni soat 01.30larda Ohangaron tumani Do‘stlik qishlog‘i Tinchlik ko‘chasida yashovchi, “Baraka avto trans” MChJ haydovchisi, 1979 yilda tug‘ilgan V.S. boshqaruvidagi “Kamaz-353213” rusumli yuk avtomashinasini tuman hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Nurafshon-Ohangaron” avtomobil yo‘lining 39-kilometrida haydab ketayotib, 1976 yilda tug‘ilgan A.T.ni urib yuborgan. Natijada piyoda A.T. voqea joyida vafot etgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 13 mart kuni soat 05.30larda Nukus shahar Abadan ko‘chasida yashovchi, “Vektra-trans Nukus” MChJ haydovchisi, 1994 yilda tug‘ilgan I.M. o‘ziga biriktirilgan boshqaruvidagi “Matiz”, rusumli avtomashinasini “Beruniy-O‘zbekiston guzari” ko‘chalari kesishgan chorrahasida haydab ketayotib 1998 yilda tug‘ilgan A.J boshqaruvidagi “Neksiya”  rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisi I.M. va uning yo‘lovchisi N.Ye. jarohat olib RShTYoIMga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay N.Ye. vafot etgan.

Mavzuga oid