Jahon | 09:23 / 15.03.2018
4623
1 daqiqa o‘qiladi

Senegalda vertolyot qulashi oqibatida 10 dan ko‘proq odam bedarak yo‘qoldi

Foto: AFP

Senegal janubi-g‘arbida, sohil yaqinida armiya vertolyotining qulashi oqibatida 13 kishi bedarak yo‘qolgan, 7 kishi qutqarib qolingan. Bu haqda mahalliy Senego axborot portali ma'lum qildi.

Voqea Fatik viloyatidagi Missira qishlog‘i yaqinida yuz bergan. Portal ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyot bortida 20 kishi – 16 yo‘lovchi va ekipajning 4 a'zosi bo‘lgan. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, 7 kishini suvdan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Qolgan 13 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. 

Voqea yuz bergan hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.

Mavzuga oid