Jahon | 00:53 / 16.03.2018
14298
1 daqiqa o‘qiladi

Mayamida yangi piyodalar ko‘prigi qulab tushishi qurbonlarga olib keldi (video)

AQShning Mayami shahrida (Florida shtati) hali qurib bitirilmagan yo‘lovchi ko‘prigi qulab tushdi. Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlar va ko‘plab jarohatlanganlar bor. Bu haqda Miami Herald nashri xabar bermoqda.

Ko‘prik shaharning janubidagi Xalqaro universitet kampusi yonida qurilayotgan bo‘lgan. Yo‘l ustiga tushgan ko‘prik konstruksiyalari ostida bir nechta mashina qolib ketgan.

Voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Voqea sababi hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Ta'kidlanishicha, ko‘prik 2019 yilda foydalanishga kiritilishi ko‘zda tutilgan. Ko‘prik qurilishi innovatsion modul usulida olib borilayotgan bo‘lgan. Ko‘prikning navbatdagi 950 tonnalik seksiyasi o‘tgan shanba kuni o‘rnatilgan bo‘lgan.

Mavzuga oid