Tramp byuroga urush e'lon qildi – FTBdagi «ikkinchi shaxs»
FTB direktori sobiq o‘rinbosari Endryu Makkeybning ma'lum qilishicha, ishdan bo‘shatilishiga AQSh prezidenti Donald Trampning mahkamaga urush e'lon qilgani sabab bo‘lgan. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
«Meni ajratib qo‘yishdi hamda men bilan qanday o‘rin tutganim, qanday harakatlarni amalga oshirganim va FTB sobiq rahbari Jyeyms Komi bo‘shatilganidan so‘ng qanday hodisalarga guvoh bo‘lganimdan kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lishdi», - deya aytib o‘tdi Makkeyb.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, pensiyaga rasman chiqishidan avval ishdan bo‘shatilgani 21 yillik faoliyatiga nisbatan «o‘ta adolatsizlik» bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FTBdagi «ikkinchi shaxs» ishdan haydalgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:36 / 10.01.2025
FTB sobiq axborotchisi Smirnov 6 yilga qamaldi
08:19 / 02.01.2025
FTB Yangi Orleandagi fojiani terakt sifatida tergov qilmoqda
11:35 / 12.12.2024
FTB rahbari Rey Tramp inauguratsiyasigacha o‘z lavozimini tark etadi
11:10 / 04.12.2024