Fan-texnika | 00:00 / 20.03.2018
20546
1 daqiqa o‘qiladi

Uber’ning haydovchisiz avtomobili ilk bor odamni bosib ketdi

Foto: Reuters

AQShning Uber Technologies kompaniyasi mashinasi  avtonom rejimda bo‘lganda odamni urib ketdi. Ta'kidlanishicha, bu haydovchisiz avtomobil ishtirokida umumiy yo‘llarda piyodaning o‘limiga olib kelgan ilk yo‘l-transport hodisasidir. 

Voqea 19 mart kuni Finiks yaqinidagi Tempeda yuz bergan. Uber avtomobili yo‘lni piyodalar o‘tish joyidan boshqa joydan kesib o‘tayotgan ayolni urib yuborgan. Avtomobil rulida haydovchi bo‘lgan, biroq mashina avtopilot rejimida yurayotgan bo‘lgan.

Jabrlanuvchi shifoxonaga yo‘lda hayotdan ko‘z yumgan.

Ta'kidlanishicha, Uber Technologies bu voqeadan keyin o‘zining avtomobillarini Finiks, Pittsburg, San-Frantsisko va Torontoda sinovdan o‘tkazishni to‘xtatgan.

Mavzuga oid