Britaniya asabiylashishni to‘xtatishi kerak – Rossiya
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, agarda Buyuk Britaniya asabiylashishni bas qilib, xotirjam holatga kelsa, bu hammaga foydali bo‘ladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Mening fikrimcha, agarda ular asabiylashishni bas qilishsa va xotirjam holatga kelishsa, bu hammaga, birinchi navbatda rasmiy Londonga foydali bo‘lardi. Ular ushbu vaziyat yuzasidan asabiylashayotgani aniq ko‘rinyapti», - deya ma'lum qildi Lavrov Yaponiya TIV rahbari Taro Kono bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniyaning hozirgi harakatlari – bu «butun dunyo bo‘ylab tartibsiz yugur-yugurlar, sheriklarni bu masalada hech qanday dalillarsiz Buyuk Britaniya pozitsiyasiga ko‘ndirish».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml London yoki dalillar taqdim etishga, yoki uzr so‘rashga majbur bo‘lishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
07:50
«Ekozashchita!» asoschisi Rossiyadan Germaniyaga uran importini tanqid qildi
21:47 / 09.01.2025
FT: Ilon Mask Kir Starmerni Britaniya bosh vazirligi lavozimidan qanday chetlatishni o‘rganmoqda
21:45 / 09.01.2025
Rossiya Oqtov yaqinidagi aviahalokatning xolisona tergov qilinishidan manfaatdor - Peskov
10:37 / 09.01.2025