Sport | 15:58 / 22.03.2018
10691
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston o‘z tarixida ilk marta Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqdi

Foto: Twitter/@_FFKR

Bugun Osiyo Kubogi-2019 saralashi doirasidagi bitta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Qirg‘iziston va Myanma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahsda Qirg‘iziston terma jamoasi raqibini 5:1 hisobida taslim qildi va yangi tarix yaratdi.

Gap shundaki, ushbu g‘alabadan keyin saralash bahslari tugashiga bir tur qolganida Aleksandr Krestinin boshchiligidagi Qirg‘iziston terma jamoasi 2019 yil BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Unga ko‘ra, Hindiston terma jamoasi ortidan Qirg‘iziston terma jamoasi yaqin ta'qibchisini 5 ochkoga ortda qoldirgan holda yo‘llanmani naqd qildi.

Saralash musobaqalarining so‘nggi turi oldidan Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqqan 21ta jamoaninng nomi ma'lum bo‘ldi. Bular: mezbon — BAA, Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O‘zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy, Hindiston, Livan, Iordaniya, Vetnam, Falastin, Ummon, Bahrayn, Qirg‘iziston va Turkmaniston terma jamoalari.

Yana uchta yo‘llanma sohibi 27 mart kuni bo‘lib o‘tadigan so‘nggi turdan keyin ma'lum bo‘ladi.


Osiyo Kubogi-2019 saralashi
22 mart 2018 yil
Qirg‘iziston - Myanma 5:1
Gollar: Shamshiyev (2), Zemlyanuxin (5, 63), Lyuks (74), Sag‘inbayev (88) — Ziav Htet (84)

Mavzuga oid