O‘zbekiston | 19:52 / 24.03.2018
18151
2 daqiqa o‘qiladi

Safoyev: Xalqaro maydonda O‘zbekistonga bo‘lgan munosabat o‘zgardi

Sh.Mirziyoyev prezidentlikka saylanganidan keyingi qisqa davr ichida ko‘plab fundamental masalalar hal qilindi va hal qilinmoqda. Xalqaro maydonda O‘zbekistonga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarmoqda, respublikaning qiyofasi yangicha shakl kasb etmoqda. Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Prezident Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganidan keyin o‘tgan qisqa davr xususida shunday fikrlarni ilgari surdi.

Foto: Sodiq Safoyev/Xalqaro press-klub

“Albatta, hali qilinadigan ishlar ham ko‘p. Avvalambor, yana bir bor ta'kidlaylik, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi qiyofasi, tutgan o‘rni batamom o‘zgardi. Bir yil mobaynida O‘zbekistonga nisbatan munosabat, u haqdagi taassurot yangi shaklga kirdi. 

O‘tgan qisqa davrda ilgarigi o‘ziga xos diplomatiya, nomutanosiblik, injiqlikka barham berilib, pragmatik va O‘zbekistonning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda aniq hamda faol diplomatiya olib borilmoqda. Buning natijasida Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar, jumladan Afg‘oniston bilan batamom yangi munosabatlarni qurdik. Qo‘shnilar o‘rtasida o‘zaro ishonch paydo bo‘ldi. 

Foto: Xalqaro press-klub

Diplomatiyada ishonch nima? Diplomatiyada ishonch paydo bo‘lishi uchun 10 yillar kerak bo‘ladi. Bu yerda bir yil mobaynida ham shaxsiy ishonch rahbarlar o‘rtasida, ham xalq diplomatiyasi rivojlanib bormoqda. 

Shu bois, aytish mumkinki, bugungi kunda Markaziy Osiyoda yangi muhit barpo etildi. Bu esa kelajak uchun juda muhimdir. O‘zbekistonda bo‘lgan Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki vakillari ham ayni jihatni e'tirof etishdi”, - dedi Sodiq Safoyev.

Foto: Xalqaro press-klub

 

Mavzuga oid