Sport | 09:22 / 24.03.2018
48635
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbek Tigers Colombia Heroicos’ga imkoniyatni boy berdi

Foto: eluniversal.com

Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum guruh bosqichida Uzbek Tigers va Colombia Heroicos o‘rtasidagi bellashuv yakunlandi. Unda Uzbek Tigers jamoasi 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Dastlab, -91 kilogrammgacha vazn toifasida Sanjar Tursunov va Xulio Deyvis ringga ko‘tarildi. Jangda Sanjar mag‘lubiyatga uchradi. So‘ng Isroil Madrimov ham mag‘lub bo‘ldi. Uchinchi jangda Iqboljon Xoldorov Jon Guterrez ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, 4-jangda Shahobiddin Zoirov Jon Martinezga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 5-bahsda Mironshoh Ibragimov Yuberjyen Martinezga imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekistonlik bokschilar endi Venesuela jamoasiga qarshi ringga chiqadi. Janglar 6—7 aprel kunlari Termizda bo‘lib o‘tadi.

 

Mavzuga oid