Sport | 15:50 / 25.03.2018
15096
2 daqiqa o‘qiladi

Futbol agenti Gvardiolani qattiq haqorat qildi

Mashhur futbol agenti Mino Rayola «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning insoniy xislatlarini keskin tanqid qildi.

«Gvardiola murabbiy sifatida ajoyib mutaxassis, biroq inson sifatida u mutlaqo nol. U shunchaki qo‘rqoq va it odam.

U o‘zini xuddi o‘tmishdagi ruhoniylardek tutadi: «Men aytgan ishni qil, lekin qilganimni qilma». Agar u «Manchester Siti» bilan Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lsa, u o‘zining yaxshi murabbiy ekanini isbotlagan bo‘ladi, biroq inson sifatida uni ko‘rgani ko‘zim yo‘q bo‘lib qolaveradi.

Gvardiola «Barselona»da Zlatan kelgan dastlabki kunlarda unga istalgan masalada murojaat qilishi mumkinligini aytgan, ammo keyinchalik futbolchining so‘rovlarini shunchaki e'tiborsiz qoldiravergan. U hattoki Ibra bilan salom-alik ham qilmay qo‘ygandi.

U xuddi shu ishini Maksvellga nisbatan ham qo‘llagan. Aslida esa Maks juda yaxshi yigit.

Aynan shu sabab bilan bir safar Zlatanga «Ferrari»sini aynan murabbiy o‘rniga qo‘yishini so‘ragandim», - deya Rayolaning so‘zlarini keltiradi Mirror.

Mavzuga oid