AQSh Afg‘oniston masalasi «Tolibon» vakillarisiz hal bo‘lmasligini aytmoqda
AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon Afg‘oniston masalasini «Tolibon» harakati vakillarisiz hal qilib bo‘lmasligini ta'kidlamoqda. Uning aytishicha, «Tolibon» harakati muzokaralar yakuniga yetgunga qadar har qanday qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtashi lozim.
Anjumanda ishtirok etayotgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Afg‘oniston masalasida barcha manfaatli tomonlar bilan murosa zarurligini ta'kidlagan.
«Uzoq yil davom etgan urushlar mamlakatni holdan toydirdi. Bugunga kelib, uning tinchligi va mintaqada barqarorlikka erishish uchun AQSh barcha ko‘makni berishga tayyor», deydi u.
Eslatib o‘tamiz, 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan «Tinchlik jarayoni xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada «Tolibon» harakati vakillari ishtirok etmayapti.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
17:43 / 03.12.2024
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
17:22 / 17.11.2024