Jamiyat | 13:08 / 27.03.2018
24210
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar xodimining majburiyatlari qanday?

Adliya vazirligining axborot xizmati ichki ishlar xodimining majburiyatlari haqida ma'lumot berdi.

Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida: 

o‘z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi;

fuqaroning talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi;

murojaat qilishining sababi va maqsadini ma'lum qilishi;

fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo‘llanilgan taqdirda, bunday choralar qo‘llanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart.

Ichki ishlar organi xodimi o‘ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, o‘z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, o‘z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko‘rishi yoxud qo‘yilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini tushuntirishi shart.

Mavzuga oid