Light | 12:01 / 28.03.2018
21175
2 daqiqa o‘qiladi

Nima deyilganiga qara, kim aytganiga emas

Dunyoda yashayotgan millatlar turlicha, ularning madaniyati ham, urf-odatlari ham o‘ziga xos. Quyida keltirilayotgan maqollar ham turli millat vakillarining asrlar osha saqlanib kelayotgan xalq og‘zaki ijodi namunalaridir.

1.  Nima deyilganiga qara, kim aytganiga emas. (Saudiya Arabistoni)

2.  Katta stulda o‘tirganing bilan qirol bo‘lib qolmaysan. (Sudan)

3.  Hammaga do‘st, hech kimga do‘st. (Angliya)

4.  Inson baxt izlamaydi, baxt insonni izlaydi. (Turkiya)

5.  Bitta o‘qituvchi ikkita kitobdan afzal. (Germaniya)

6.  Kim ovoz bermasa u hammasiga rozi. (Ispaniya)

7.  Chiroy mukammallik belgilariga kirmaydi. (Misr)

8.  Aqllilar qo‘lida g‘iybat xavfli qurol.(Isroil)

9.  Tan olingan xato bilan uning yarmi tuzatilgan hisoblanadi. (Zulu xalqlari)

10.  Sevgili qalb abadiy yosh. (Gretsiya)

11.  Quyoshga tik boq va soyalar orqangda qoladi. (Yangi Zelandiya)

12.  Eshakning oldida quloq haqida so‘zlama. (Yamayka)

13.  Agar do‘stingdan qutulmoqchi bo‘lsang unga qarz ber yoki qarz ol. (Isroil)

14.  Rostini ayt va sekin u yerdan g‘oyib bo‘l. (Sloveniya)

15.  Bir nodonga hayron bo‘lish bilan boshqa bir nodon paydo bo‘ladi. (Fransiya)

16.  Tuhmat ko‘mir, yonmaydi lekin kuydiradi. (Italiya)

17.  Qulfsiz eshik hatto ruhoniyni ham shoshirib qo‘yadi. (Ispaniya)

18.  Hamma o‘zi uchun, Xudo hamma uchun. (Angliya)

19.  O‘zingda nimani ko‘rsang, dunyoda shuni ko‘rasan. (Afg‘oniston)

20.  G‘urur otda keladi, piyoda ketadi. (Isroil)

Mavzuga oid