Jahon | 19:34 / 29.03.2018
13964
2 daqiqa o‘qiladi

Supermikroblarni o‘ldirishga qodir antibiotik ishlab chiqildi

Illyustrativ surat

Braun universiteti mutaxassislari Harvard olimlari bilan birgalikda antibiotiklarning mutlaqo yangi toifasini ishlab chiqishdi. Preparat metitsillin va boshqa dori vositalari ta'siriga chidamli bo‘lgan stafilokokkni to‘liq yo‘q qilishga qodir. Nature jurnali shu haqida xabar berdi

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mavjud retinoid antibiotiklar tezkor ta'sirga ega bo‘lib, ularga qarshilik ko‘rsatish ehtimoli ham kam. Ta'kidlash joizki, bunday preparatlarning bir salbiy tomoni bor: ular hujayralarda patalogik o‘zgarishlarga olib kelishi va hatto ularni yo‘q qilishi ham mumkin.

Tadqiqotlar davomida ilmiy xodimlar faqatgina bakteriyalar membranalariga ta'sir qiluvchi antibiotiklar to‘plamini yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular shuningdek eski infeksiyalarga qarshi ham samarali kurashishi qayd etildi.

Zamonaviy tibbiyotda so‘nggi vaqtlarda superbakteriyalarning paydo bo‘lish muammosi ancha dolzarb. Bunday mikroblarga antibiotiklarning bir yoki bir necha turi ta'sir o‘tkaza olmaydi.

Chidamli patogenlar orasida noyob infeksiya qo‘zg‘atuvchilar bilan bir qatorda keng tarqalgan va xavfli infeksiya qo‘zg‘atuvchilar ham bor. Tillarang stafilokokk va  pnevmokokk ularning sirasiga kiradi. 

Shifokorlar tez orada barcha antibiotiklar o‘z samarasini yo‘qotishidan va tibbiyotning "zulmat asri" boshlanishidan jiddiy xavotirdilar.

Mavzuga oid