O‘zbekiston | 08:31 / 05.04.2018
9912
1 daqiqa o‘qiladi

General-mayor Davron Nazarmuhamedov xitoylik hamkasbi bilan uchrashdi

Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirining o‘rinbosari Li Vey boshchiligidagi delegatsiya a'zolari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurdilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
     
Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuhamedov qabul qilgan.

Foto: mvd.uz
Foto: mvd.uz

Rasmiy uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirliklari o‘rtasidagi kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi. 

Uchrashuvda XXRning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yan ham ishtirok etgan. 

Mavzuga oid