Jahon | 19:27 / 05.04.2018
54954
1 daqiqa o‘qiladi

Yuliya Skripal ilk bayonot bilan chiqdi

Foto: Facebook/Yulia Skripal

GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning qizi Yuliya Buyuk Britaniya politsiyasi tomonidan e'lon qilingan bayonotida o‘z holati haqida aytib o‘tdi.

«Men bir hafta muqaddam o‘zimga keldim va kun sayin kuchim tiklanayotganini xabar qilishdan xursandman. Men o‘zimga bildirilgan qiziqish va ko‘plab ezgu tilaklar uchun minnatdorman», - deyiladi Skripalning bayonotida.

U shuningdek zaharlanishdan so‘ng otasi bilan unga yordam ko‘rsatgan Solsberi fuqarolariga, okrug shifoxonasi xodimlariga tashakkur bildirdi. Skripal o‘z otasining ahvoli haqida hech narsa demagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq London Skripalni zaharlashda ishlatilgan modda manbaini topgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid