Jahon | 01:20 / 06.04.2018
14827
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yerga dafn qilinishdan voz kechgan qariyalarga pul to‘laydigan bo‘lishdi

Foto: Mark Schiefelbein / AP

Janubiy Xitoy dengizi qirg‘oqlaridagi Venlin shahri ma'muriyati keksa yoshli kishilar orasida suv uzra kulni sochish odatini ommalashtirishga qaror qildi. Qariyalarni bunday dafn marosimiga ko‘ndirish uchun ularga 100 yuan miqdoridagi (15,9 dollar) oylik mukofot va'da qilishmoqda. "Sinxua" shu haqida xabar berdi.  70 yoshdan oshgan qariyalar shartnomani imzolagan taqdirda, har oyda shu summa ularga to‘lanadi. Shahar aholisining yoshi o‘tgan sari ularga to‘lanadigan summa miqdori oshib boraveradi: 80 yoshdan 90 yoshgacha bo‘lgan odamlarga - 200 yuan (31,7 dollar), 90 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lganlarga - 300 yuan (47,6 dollar) to‘lanadi. Kulini tarqatishga rozi bo‘lgan 100 yoshdan oshgan kishilar oyiga 400 yuan (63,4 dollar) olishlari mumkin. 

Bunday dasturning yo‘lga qo‘yilishi ekologiyaga zarar yetkazish ko‘rsatkichlarini kamaytirishga yo‘naltirilgan. Xitoyning boshqa hududlarida bunday dasturlar allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, an'anaviy dafn marosimiga muqobil ravishda krematsiya yoki havoga dafn qilish (marhumning tanasi daraxtda qoldiriladi) taklif qilinadi. 

BMT aholishunoslik departamenti bahosiga ko‘ra, 2018 yilda Xitoy aholisi 1 milliard 415 million kishini tashkil qiladi. O‘lim statistikasiga muvofiq, 2010 yildan 2015 yilga qadar mamlakatda 48,04 million kishi hayotdan ko‘z yumgan, ya'ni yiliga o‘rtacha 9,6 million kishi. 

Xitoyda hamma keksa yoshlilar ham pensiya olish huquqiga ega emas. Dastlab faqat davlat xizmatchilarigina pensiya olish huquqiga ega edi, keyinroq ularning safi kengaydi. Hozirda Xitoyda erkaklar 60 yoshdan, ayollar esa 50-55 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkin.

Mavzuga oid