Fan-texnika | 08:42 / 06.04.2018
11757
2 daqiqa o‘qiladi

Virgin kompaniyasi Hyperloop yo‘lovchi kapsulasini namoyish qildi (video)

Foto: Videodan kadr

Virgin Hyperloop One kompaniyasi Ilon Mask loyihasi bo‘yicha tezyurar transport tizimi uchun yo‘lovchi kapsulasining to‘laqonli ishchi prototipini ko‘rsatdi. 

Vision 2030 Hyperloop Pod nomli yangi prototip Virgin Galactic’ning Kaliforniyadagi Moxava cho‘lidagi poligonida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning AQShga tashrifi vaqtida namoyish qilingan. 

Virgin Hyperloop One uchun Saudiya Arabistoni tizimni rivojlantirishda ustuvor davlatlardan biri hisoblanadi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, yangi transport turi tezyurar poyezdlardan bir necha barobar tezroq harakatlanadi va qirollik bo‘ylab harakatlanishda vaqtni ancha qisqartirishga imkon beradi.

Misol uchun, Ar-Riyoddan Jiddaga hozirgi 10 soat o‘rniga bor-yo‘g‘i 76 daqiqada, BAA poytaxti Abu-Dabiga esa 8,8 soat o‘rniga 48 daqiqada yetib olish mumkin bo‘ladi.

Virgin Hyperloop One ko‘rsatilgan prototip qanday tezlikka erisha olishi borasida aniqlik kiritmagan. 2017 yil dekabrda kompaniya kapsulani 387 km/soat tezlikkacha tezlashtira olgan, bu esa kompaniya erishmoqchi bo‘layotgan tezlikning uchdan birini tashkil qiladi.

Mavzuga oid