Sport | 19:39 / 07.04.2018
15760
2 daqiqa o‘qiladi

Termizdagi boks kechasi: Uzbek Tigers'da ilk g‘alaba

​​Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Venezuela Caciques» jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining dastlabki jangi bo‘lib o‘tdi.
-49 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Nodirjon Mirzaahmedov «Venezuela Caciques» vakili Luis Vaskes Polankoga qarshi ringga ko‘tarildi.

Uchrashuvning birinchi raundida har ikkala bokschi teng kuchlar ostida kurashgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi raundga borib, o‘zbekistonlik sportchining qo‘li baland keldi. U raqibini bir necha marta muvozanatini yo‘qotib, o‘z burchagiga borishga majbur qildi. Murosasiz kechgan to‘rtinchi raund davomida venesuelalik bokschi Luis Hesus ham ancha faollashib qoldi. Biroq, Luis Hesusning peshona qismidan olgan jarohati tufayli jangni majburan tark etdi.
Luis raqibiga ketma-ket zarbalar berib, Nodirjonni himoyalanishga majbur qildi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, 5 raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra, Uzbek Tigers vakili Nodir Mirzaahmedov raqibining diskvalifikatsiya qilinishi tufayli g‘alaba qozondi.

Bu jangdan so‘ng «Uzbek Tigers» - «Venezula Caciques» jamoalari o‘rtasidagi umumiy hisob 1:0 ko‘rinishini oldi.

Navbatdagi jangda -56 kg vazn toifasi vakili Shahobiddin Zoirov Yoel Finolga qarshi ringga chiqadi.

 

Mavzuga oid